Yangiliklar

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida hamkorlik deklaratsiyasi imzolandi

Shuningdek, mintaqaviy, xalqaro aloqalar va infratuzilma sohasidagi memorandum
Rasm: Baxtiyor Saidov Telegram kanali

Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasida hamkorlik deklaratsiyasi imzolandi, deb xabar qildi OʻzR tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram-kanalida.

Buyuk Britaniya tomonidan imzoni mamlakatimizga tashrif buyurgan Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Devid Kemeron qo‘ydi.

Saidovning qo‘shimcha qilishicha, britaniyalik hamkasbi bilan mintaqaviy, xalqaro munosabatlar va infratuzilma sohasida ham memorandum imzolashgan.

Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdilar.

Buyuk Britaniyaning O‘zRdagi elchisi Timoti Smart Devid Kemeronning mamlakatga tashrifini tarixiy voqea deb atadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasida 1992-yil 18-fevralda diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi tovar aylanmasi besh yil ichida ikki barobarga oshgani haqida yozgan edi.