O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel kelishi kutilmoqda
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Respublikada kuchli yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda
                    
                            
O‘zbekistonda 25 va 28 aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Respublikamizning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor, deb xabar berdi O‘zgidromet direktori Sherzod Habibullayev.
Shu kunlarda mamlakatda hududlarni suv bosishi ham mumkin. Habibullaev tog‘li hududlar aholisi va sayyohlarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Eslatib oʻtamiz, 23-aprel kuni Oʻzbekistonda oʻrtacha kunlik havo harorati +25…+30°, ayrim hududlarda +32…+34° boʻladi.
Avvalroq «Kursiv» kuchli yomg‘ir tufayli Samarqand viloyatini suv bosgani haqida yozgan edi.
