Yangiliklar

“Rosatom” O‘zbekistonga kichik atom elektr stansiyalarini taklif qilishga tayyor

Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vazirligi rahbari bayonot berdi
Rasm: RBK

Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi Oʻzbekistonga kam quvvatli atom elektr stansiyalari boʻyicha loyihalarni taklif qilishga tayyor, dedi Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov.

Shuningdek, kompaniya va O‘zbekiston tomoni yirik atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma bo‘yicha ham muzokaralar olib borayotganini qo‘shimcha qildi. Elektr stansiyasi Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinida quriladi.

Elektr stansiyasini respublika energetika tizimiga integratsiyalash masalalari xorijlik mutaxassislar bilan birgalikda muhokama qilinmoqda.

Joriy yilning fevral oyida «Rosatom» kompaniyasi O‘zbekiston va boshqa davlatlar bilan kichik atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgandi. Aytib o‘tamiz, bunday elektr stansiyalarining quvvat bloklari 300 MVt dan kam quvvatga ega.

Avvalroq «Kursiv» «Rosatom»ning O‘zbekiston bilan atom elektr stansiyasi qurish bo‘yicha muzokaralari «juda muvaffaqiyatli» ekanini yozgan edi.