Bugun, 23-aprel kuni Osiyo-Okeaniya kubogiga start berildi. Turnirda O‘zbekiston U-18 jamoasi Eron vakillariga qarshi muzga chiqishdi va juda yirik hisobda g‘alabaga erishdi.
1-bo‘lim 5:0 hisobi bilan yakunlandi. Gollarni Salohiddin Azimov (2), Ruslan Sultonov , Loren Petrosyan, Aziz Muhammadboyev urishdi.
2-bo‘limda Eron darvozasiga yettita gol urildi. Bogdan Halevin 6:0 qildi. Aziz Muhammadboyev, Jasurbek Rustamxonov (2), Albert Dadaxo‘jayev, Huzayfa Alimuhammadov va Ilya Popov gol mualliflari bo‘lishdi.
Va so‘nggi 3-bo‘limda hisob 19:0 bilan yakunlandi. Salohiddin Azimov (2), Ruslan Sultonov, Jasurbek Rustamxonov, Albert Dadaxo‘jayev, Saidakbar Ravshanov, Muhammaddiyor G‘aniyev, Huzayfa Alimuhammadov javobsiz raqib darvozasiga gollar urishdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston musobaqada «A» guruhidan oʻrin olgan boʻlib, unda Erondan tashqari Tailand, Malayziya va Quvayt jamoalari joy olishgan.
Eslatib o‘tamiz, 23-aprel kuni xokkey bo‘yicha Osiyo-Okeaniya kubogiga start berildi. Turnir Toshkent va Samarqandda bo‘lib o‘tadi.