Yoʻl harakati qoidalari buzilishiga oid maʼlumotlar 48 soat ichida kelmasa bekor boʻladi

eʼlon qilindi
Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda
Foto: maykal/ depositphotos.com

Bugun, 23-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qonun loyihasiga koʻra, foto va videoradarlar tomonidan qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar 48 soat ichida jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqarish uchun vakolatli boʻlgan mansabdor shaxsga yuborilmasa, ishni koʻrib chiqish tugatiladi.

Shuningdek, radar orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlmasa ham ish koʻrib chiqilmaydi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda 1-iyuldan katta yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida video-fotoradarlar oʻrnatilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek