Aeroflot Ulug‘ Vatan urushi faxriylarini bepul chiptalar bilan ta’minlaydi
Rossiyaning «Aeroflot» aviatashuvchisi yana MDH, Boltiqboʻyi va Gruziya davlatlaridan Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilarini bepul tashish aksiyasini boshlaydi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.
Konslagerning sobiq mahbuslari ham aviakompaniyaning bepul xizmatidan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, aksiya ishtirokchilari hamrohlik qiluvchi shaxs uchun bepul aviachipta olishlari mumkin.
«Aeroflot» ta’kidlashicha, aksiya 24-apreldan 12-maygacha amal qiladi va aviatashuvchining Rossiya Federatsiyasi va Hamdo‘stlik mamlakatlaridagi yoʻnalishlar tarmog‘iga taalluqlidir.
SSSR Qahramonlari va «Shon-sharaf» ordenining to‘liq egalari biznes va komfort klasslarida bepul parvozlar bilan ta’minlanadi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Oʻzbekistonda 170 dan ortiq Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va front mehnatkashlari istiqomat qilgan.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda o‘zbekistonlik faxriylarning har biri 18 mln so‘mdan pul olgani haqida e’lon qilgan edi.