Yangiliklar

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogida O‘zbekiston Vyetnam ustidan g‘alaba qozondi

Hisob 2:1
Rasm: O‘FA

Bugun, 24-aprel kuni Tailandda futzal bo‘yicha Osiyo kubogining chorak finalidan joy olgan O‘zbekiston-Vyetnam uchrashuvi o‘tkazildi.

Bellashuv «Bangkok» arenasida Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlandi. 1-bo‘limning 17-daqiqasida Vyetnam futbolchisi Nguyen Tin Fat hisobni ochdi va 1-bo‘limni kichik ustunlik bilan yakunladi.

2-bo‘limda esa milliy terma jamoamiz o‘zini qo‘lga oldi va 34-daqiqada Elbek To‘lqinov hisobni tenglashtirdi. 2-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Sunnatulla Jorayev raqib darvozasiga to‘pni aniq jo‘natdi va 2:1 hisobida g‘alabani ilib ketdi. Hamyurtlarimiz yarim finalda Eronga qarshi to‘p surishadi.

Avvalroq «Kursiv» Qatarda bo‘lib o‘tayotgan U-23 Osiyo kubogida O‘zbekiston Vyetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonganini e’lon qilgan edi.