“Gazprom” Oʻzbekistonda vakolatxona ochish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda
«Gazprom» xoldingi direktorlar kengashi joriy yilning 6-may kuni Oʻzbekistonda vakolatxona ochish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati ma’lum qildi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil so‘ngida «Gazprom» rahbari Aleksey Miller kelgusi yilda kompaniya Markaziy Osiyo davlatlariga yonilgʻi yetkazib berish hajmini oshirish niyatida ekanini aytgan edi. Xolding Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonga gaz yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolashni rejalashtirmoqda.
«Kommersant» internet-nashriga koʻra, «Gazprom» yonilgʻi yetkazib berishdan oʻrtacha $22 gacha daromad oladi.
2024-yilda Rossiya yonilgʻisining Qozogʻiston orqali mamlakatimizga tranziti 3,8 milliard kub metrga yetishi kutilmoqda. Taqqoslash uchun 2023-yilda bu koʻrsatkich 1,28 milliard kub metrni tashkil etgan edi.
Avvalroq «Kursiv» joriy yilning birinchi choragida Oʻzbekistonda gaz qazib olish hajmi 11,5 milliard kub metrgacha kamaygani haqida xabar bergan edi.