“Imkon Finans mikromoliya tashkiloti” fond birjasida yangi obligatsiyalarni taqdim etdi
«Imkon Finans mikromoliya tashkiloti» AJ o‘z obligatsiyalarini «Toshkent» RFB Boshqaruvi qarorida belgilangan shartlarda birjada taqdim etadi, deb xabar beradi RFB matbuot xizmati.
IFMT4 birja tikeriga ega korporativ obligatsiyalarning ikkinchi chiqarilishi 2024-yil 24-aprelda savdoga qoʻyildi.
Emissiyaning umumiy hajmi 10 mlrd so‘m bo‘lib, har bir obligatsiyaning nominal qiymati 1 mln so‘m, kupon foiz stavkasi 28 foizni tashkil etadi. Obligatsiyalar bo’yicha foizlar har oy to’lanadi.
«Imkon Finans mikromoliya tashkiloti» kompaniyasi 2011-yilda tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbekistonda mikromoliyaviy xizmatlar, mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish hamda agentlik xizmatlarini koʻrsatish sohasida oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili birjada 477 ta obligatsiyalar bitimi amalga oshirildi, bu o‘tgan yilga nisbatan sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi. Biroq O‘zbekistondagi qarz bozori bank depozitlari bo‘yicha yuqori stavkalar va davlat kafolatlari bo‘yicha raqobat tufayli investorlar uchun jozibador emas. Obligatsiyalarni sotuvga chiqarish bo‘yicha asosan mikromoliya tashkilotlari, lizing kompaniyalari va ba’zi banklar shug‘ullanishi, chunki ular investorlarga yirik stavkada lizing va kredit ajratishadi.