Nokia Perfectum uchun 5G tarmoqlarini quradi
Finlyandiyaning Nokia transmilliy kompaniyasi O‘zbekistonning Perfectum uyali aloqa operatori uchun 5G tarmog‘ini quradi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.
Yangi aloqa standartini joriy yilning to‘rtinchi choragida Toshkentda tijorat yo‘liga qo‘yish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng Nokia 5G ni bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududida joriy etish niyatida.
Nokia 1865-yilda yaratilgan. Kompaniya telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ilgari Finlyandiya kompaniyalari mobil telefonlar va smartfonlarni Symbian, Windows Mobile va Windows Phone operatsion tizimlarida ishlab chiqargan.
Joriy yilning birinchi choragi yakuniga ko‘ra, Nokia kompaniyasining sof foydasi 438 mln yevroni tashkil qildi, o‘tgan yilning yanvar-mart oylarida esa 289 mln yevroni tashkil qilgan edi.
O‘tgan yilning oktabr oyida kompaniya moliyaviy ko‘rsatkichlari pasaygani sababli 14 ming xodimni ishdan bo‘shatishi ma’lum bo‘lgan edi.
Avvalroq «Kursiv» Abdumalik Iminov Perfectum egasiga aylangani haqida yozgan edi.