OAV: «Tolibon» O‘zbekistonga elchisini tayinladi
eʼlon qilindi
Ushbu lavozimni Abdul G‘afar Bahr egalladi
«Tolibon» harakati vakili boʻlgan Afgʻoniston hukumati Abdul G‘afar Bahrni Toshkentga elchi etib tayinladi, deb xabar berdi «Tasnim».
Nashrning aniqlik kiritishicha, Abdul G‘afar Bahr bu lavozimda Mug‘furulloh Shahob o‘rnini
egallagan. Shuningdek, Bahr avvalroq Tolibon Oliy sudining tadqiqot bo‘limi boshlig‘i bo‘lganligi ham xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshida Tolibon rasmiysi Zabihulloh Mujohid harakat O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘istonga elchilarini yuborishni rejalashtirayotganini aytgan edi.
Avvalroq «Kursiv» Tolibon ilmiy nashrlarni o‘zbek tiliga tarjima qilishni taqiqlagani haqida yozgan edi.