Toshkentda havo sifati biroz yaxshilandi

eʼlon qilindi
Kechagi ko'rsatkichlar bilan solishtirganda
Foto: «Kursiv»

24-aprel, chorshanba kuni Toshkent shahri havosidagi PM2,5 (chang, asfalt va boshqa birikmalar) miqdori me’yordan 3,6 baravarga oshdi, deb xabar berdi «O‘zgidromet». Taqqoslash uchun, kecha bu ko‘rsatkichlar me’yordan besh barobar ko‘p edi.

Bugun poytaxtda sinoptiklar havo harorati +28…+30° bo‘lishi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Oʻzbekistonda oʻrtacha kunlik havo harorati +25…+30°, ayrim hududlarda 32…+34° boʻlishi kutilmoqda.

Togʻli hududlarda havo harorati +15…+20° atrofida boʻladi. Bundan tashqari, qor ko‘chkisi va sel yuzaga kelishi xavfi mavjud.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda 25–28 aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek