25-aprel kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin

eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor
Rasm: Piqsels

Bugun, 25-aprel kuni respublikaning aksariyat hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 24-28 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi «O‘zgidromet».

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 24-26 daraja isiydi va kechasi 15-17 iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Sel kelishi va suv toshqini bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Shuningdek