Atlas Party ishtirokchilarini haqorat qilgan bezori 15 sutkaga qamaldi – video

eʼlon qilindi
Keyinchalik u ayollardan uzur so‘ragan
Rasm: Atlas Party Facebook‘dagi sahifa

Joriy yilning aprel oyida «Zamonaviy ayollar» klubida oʻtkazilgan «Atlas party» tadbiri doirasida ayollarga nisbatan haqoratomuz gaplar yozilgan ijtimoiy tarmoqlarda video paydo boʻldi. Bir qator tadbir ishtirokchilari huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, ularni obro‘sizlantirgan noma’lum shaxsning javobgarlikka tortilishini talab qilishdi, deb xabar berdi IIV matbuot xizmati.

Video: Video bor Telegram kanali

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida huquqbuzarning shaxsi aniqlandi – Sirdaryo viloyatida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan M.D. diniy e’tiqodini keltirib, namoyishda ishtirok etayotgan ayollarga nisbatan haqoratomuz so‘zlarni ishlatganini tan oldi.

Keyinchalik huquqbuzar haqorat qilgan ayollardan uzur so‘ragani haqida video tarqatdi.

Video: Bugun.uz

Mazkur holat bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi tomonidan O‘zR Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi («Mayda bezorilik») asosida qaror chiqarilib, M.D. 15 kunlik ma’muriy qamoq jazosini oldi.

Avvalroq «Kursiv» diniy bloger Abror Muxtor Aliy 15 sutkaga qamalganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek