Markaziy bank nima sababdan dollar kursi oshayotganiga izoh berdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda Markaziy bank raisi ma'lum qildi
Foto: Piqsels

Dollar kursi o‘sishining asosiy sababi valyutaga boʻlgan talabning oshishi bilan izohlandi. Birgina 2024-yilning birinchi choragida valyutaga boʻlgan talab 17 foizga oshgan. Bu haqda Markaziy bankda tashkil qilingan matbuot anjumanida bank raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, buning hammasi import bilan bogʻliq emas.

«Importdan tashqari tashqi toʻlovlar bor. Tashqi qarzlar boʻyicha toʻlovlarimiz qariyb oʻtgan yilning birinchi choragiga qaraganda $734 million oʻsdi. Bu jarayon xuddi shunday talab bilan shakllanadi», deydi Nurmuratov.

Avvalroq «Kursiv» nima sababdan AQSh valyutasining oshayotganligi haqida mutaxassislar izoh olgan edi.

Shuningdek