Yangiliklar

O‘zbekistonga Xitoy avtomobillari importi 67 foizga, elektromobillar esa 25 foizga oshdi

2023-yilning birinchi choragida
Rasm: BYD

Xitoy Xalq Respublikasi bojxona bosh boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilning birinchi choragida OʻzRga Xitoy yengil avtomobillar importi hajmi 67,2 foizga oshgan.

Bu davrda mamlakatga 15 556 dona Xitoy yengil avtomobili import qilingan bo‘lsa, o‘tgan yilning birinchi choragida esa 9 303 dona. Pul ko‘rinishida import 47,4 foizga o‘sib, $303 millionni tashkil etdi.

Xitoydan avtomobil importining uchdan bir qismi ham dona, ham pul shaklida elektromobillardir. $102,4 millionlik jami 5152 dona avtomashina import qilingan.

O‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan o‘sish 25 foizni tashkil etdi, pul sifatida import esa 7 foizga kamaydi.

Avvalroq «Kursiv» Xitoyning «Li Auto» avtomobil ishlab chiqaruvchisi O‘zbekiston bozoriga kirishini rad etganini e’lon qilgan edi.