“Telefonsiz maktab” loyihasi g‘olibi 300 mln so‘m bilan mukofotlandi

eʼlon qilindi
17-maktab g‘olib bo‘ldi
Rasm: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev «Telefonsiz maktab» loyihasini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun Angren shahridagi 17-maktab direktori Zebo Mahkamovaga 300 mln so‘m miqdorida mukofot topshirdi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘zR Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida ham belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil fevral oyining oxirgi kunida Toshkent viloyati hokimligi ta’lim muassasalarida «Telefonsiz maktab» tizimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Bu taklif maktab direktorlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot chog‘ida bildirildi. Dastlab bunday tizim Angren shahridagi 13 va 17-umumta’lim maktablarida joriy etilgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda qancha maktab o‘quvchilari ish tufayli dars qoldirishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek