Dollar keskin pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi

eʼlon qilindi
O‘rtacha tortilgan qiymati 21,80 so‘mga ko‘tarildi
Rasm: Freepik

26-aprel kuni O‘zR valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 21,80 so‘mga ko‘tarildi va 12 662,01 so‘mni tashkil qildi. Respublika Markaziy banki ham AQSh valyutasi kursini shu darajada belgiladi.

Bugun, 26-aprel kuni mamlakatning tijorat banklarida bir dollarni 12 575 – 12 640 so‘mdan xarid qilishmoqda. Amerika valyutasi 12 670 – 12 710 so‘mdan sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank nima sababdan dollar kursi oshayotganiga izoh bergan edi.

Shuningdek