O‘zbekiston U-23 Saudiya Arabistoni ustidan g‘alaba qozondi

eʼlon qilindi
Hisob 2:0
Rasm: O‘FA

Bugun, 26-aprel kuni futbol bo‘yicha Osiyo kubogining pley-off bahslaridan joy olgan O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni o‘yini bo‘lib o‘tdi.

1-taymning yarmi qoidabuzarliklar va Saudiya Arabistoni vakillari tomonidan qo‘pol o‘yin tufayli ko‘p to‘xtalishlar bo‘ldi. 1-taymning qo‘shimcha daqiqalarida Husayn Norchayev hisobni 1:0 ga o‘zgartirdi va tanaffusga jamoalar chiqib ketishdi.

2-taymning 70-daqiqasida Saudiya Arabistoni futbolchisi Ayman Yahyo ikkinchi sariq kartochka oldi va o‘yindan chetlatildi. 83-daqiqada Umarali Rahmonaliyev raqib darvozasiga aniq zarba berib, hisobni 2:0 qildi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston U-23 Vyetnam ustidan ishonchli g‘alabaga erishganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek