Bukmekerlardan olinadigan soliq har yili davlat byudjetiga $6 millionga yaqin daromad keltiradi — ILMA

eʼlon qilindi
Agentlik izoh berdi
Foto: Pics Five/Depositphotos

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, bukmekerlik va lotereyalar faoliyatidan olinadigan aylanma soligʻi har yili Oʻzbekiston byudjetiga $6 millionga yaqin daromad keltiradi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentlik (ILMA) sharhida ma’lum qilindi.

Eslatib oʻtamiz, 2025-yildan boshlab Oʻzbekistonda bukmekerlar va lotereyalar faoliyatiga ruxsat beriladi. Ular 2030-yilgacha QQS soligʻini 4 foizni stavkada toʻlaydi.

Agentlikning ta’kidlashicha, bukmeker kontorlaridagi cheklovlarga qaramay, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari xorijiy va noqonuniy servislar xizmatlaridan faol foydalanmoqda.

«Huquqiy tartibga solishning yoʻqligi, jumladan, ishtirok etish va garovlar hajmini cheklash, qimor oʻyinlari bilan shugʻullanuvchi fuqarolarning chet el saytlaridagi oʻyinlarda qatnashib, katta miqdordagi mablagʻlarini yoʻqotishiga va davom etish uchun katta miqdorda qarz olishga tayyor boʻlishiga olib keladi», deyiladi agentlik xabarida.

Fuqarolarning qimor biznesiga doimiy qiziqishi fonida mavjud vaziyat aslida Oʻzbekistondan $350 milliondan $ 1 milliardgacha chet el valyutasining chiqib ketishiga olib kelmoqda.

Avvalroq «Kursiv» 2025-yildan Oʻzbekistonda Tavakkalchilikka asoslangan oʻyin va bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek