Oʻzbekistonda kichik tadbirkorliklar soni 401,3 mingtaga qisqardi

eʼlon qilindi
Bu haqda Statistika agentligi hisobotida ma'lum qilindi
Foto: glazunofoto@gmail.com/Depositphotos

Joriy yilning aprel oyi holatiga ko‘ra, Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorliklar soni 401,3 mingtani tashkil qiladi. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 3,8 foizga kam, deya xabar bermoqda Statistika agentligi matbuot xizmati.

Kichik biznes subyektlarining asosiy qismi Toshkent shahrida – 87,6 ming, Toshkent viloyatida – 37,1 ming, Samarqand viloyatida – 36,3 mingtasi joylashgan.

Eng kam koʻrsatkichlar Navoiy viloyatida – 18,7 ming, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida mos ravishda 15,8 ming va 10,5 mingtani tashkil qiladi.

Savdo sohasidagi kichik korxonalar soni 1-aprel holatiga 155,3 mingtaga, sanoat 61,9 mingtaga, qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligida 35,5 mingtaga yetgan.

Shu bilan birga, kichik biznes subyektlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi yiliga 22,1 foizga oʻsib, 61,2 trillion soʻmni tashkil etdi. 60,4 trillion soʻm (+17,9 foiz) chakana tovar ayirboshlash, 58,3 trillion soʻm (+82 foiz) investitsiya korxonalari hissasiga toʻgʻri keldi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes ololmaydigan mablagʻlar hajmi $6 mlrdga baholayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek