Qimmatli qogʻozlar bozori mijozlarini masofadan raqamli identifikatsiya qilish tartibi joriy qilindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda Vazirlar Mahkamasi nizomi tasdiqlandi
Фото: Unsplash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Qimmatli qogʻozlar bozori mijozlarini masofadan raqamli identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida»gi nizom tasdiqlandi.

Ma’lum qilinishicha, Nizom jismoniy shaxslarni, shu jumladan, yuridik shaxs nomidan faoliyat olib borish huquqiga ega boʻlgan shaxslarni investitsiya vositachilari tomonidan masofadan raqamli identifikatsiya qilishni ta’minlaydi. Bu esa masofadan turib qimmatli qogʻozlar hisobvaragʻini ochish imkoniyatini yaratadi.

Tartibning joriy etilishi investitsiya vositachilari ishiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, mijozlar bilan masofadan turib shartnomalar tuzish va depo hisobvaraqlarini ochish imkonini beradi.

Bu kabi mexanizmlar kapital bozori rivojlangan AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlarda mavjud.

Bugungi kunga qadar Oʻzbekistonda mijozlarni masofadan turib raqamli identifikatsiya qilish tartibi faqat tijorat banklari faoliyatida joriy qilingan edi.

Avvalroq «Kursiv» eng yaxshi qimmatli qog‘ozlar ro‘yxatidan «O‘zbekneftgaz» va «UzAuto Motors» aksiyalari chiqib ketgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek