Surxondaryo viloyatida oʻrik pishdi

eʼlon qilindi
Hosil eksportga yunaltirilmoqda
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Surxondaryo viloyatida «SPN HUMAGRO» agrofirmasi ertapishar oʻrik hosilini yigʻishni boshladi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Firma yillar davomida foydalanilmayotgan adirlardan intensiv bogʻlar tashkil qildi. Tomchilatib sugʻorish yordamida 102 gektar maydonda oʻrikning turli navlari – Mikado, Magadant, Kaloroda yetishtirilmoqda.

Ertapishar va hosildor bu mevalarning koʻchati xorijdan keltirilgan boʻlib, O‘zbekiston yeri va iqlimimizga tezda moslashdi.

Korxonada qariyb 1,5 ming tonna oʻrik yigʻib, eksport qilish koʻzda tutilgan.

Avvalroq «Kursiv» mamlakatda birinchi bo‘lib Surxondaryo viloyatida piyoz pishgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek