«Air Products» O‘zbekistonda karbonat angidrid ishlab chiqarishga $15 milliondan ortiq sarmoya kiritadi

eʼlon qilindi
Yangi korxona “Navoiyazot” kimyo majmuasi negizida quriladi
Rasm: Air Products

«Air Products» kompaniyasi O‘zbekistonda karbonat angidrid gazi (CO2) ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi zavodni qurish uchun $15 milliondan ortiq sarmoya kiritishni rejalashtirayotganini «Kursiv»ga ma’lum qildi.

Yangi korxona «Navoiyazot» kimyo majmuasi negizida qurilib, yuqori sof CO2 ishlab chiqaradi. Bu yuqori mavsumiy ta’minot muammolarini hal qilishga va hozirgi vaqtda CO2 ning asosiy manbai bo‘lgan tabiiy gaz iste’molini kamaytirishga yordam beradi.

Kuniga 120 tonna CO2 ishlab chiqarishga qodir zavod mamlakatdagi eng yirik va barqaror ishlab chiqarish obyekti bo‘ladi. U 2024-yil oxirida ishga tushiriladi, zavod ichimliklar ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash, agrobiznes va boshqalar kabi turli sohalarga yuqori tozalikdagi CO2 ni uzluksiz yetkazib berishi kutilmoqda.

Shuningdek, CO2 o‘t o‘chirgichlar, qog‘oz, shisha va sahna tumanlarini ishlab chiqarishda muhim komponent sifatida keng qo‘llaniladi.

«Air Products» (NYSE: APD) 80 yildan ortiq faoliyat yuritib kelayotgan yetakchi global sanoat gaz kompaniyasi boʻlib, u energiya va atrof-muhit loyihalari va rivojlanayotgan bozorlarga xizmat koʻrsatishga qaratilgan.

«Bizning zavodimiz CO2 xom ashyosini yuqori toza karbonat angidridga aylantirib, mintaqada yangi ishlab chiqarish standartlarini o‘rnatadi. Bu sarmoya O‘zbekistonda va undan tashqarida yashil kelajakni yaratishga sodiqligimizni ko‘rsatadi”, dedi «Air Products Uzbekistan» tijorat direktori Kirill Korotkov.

«Air Products» kompaniyasi O‘zbekistonga 10 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritishni rejalashtirayotgani avvalroq xabar qilingan edi.

Shuningdek