HUMO to‘lov tizimi xususiylashtirilmoqda
eʼlon qilindi
Ulushi ochiq kim oshdi savdosiga qo'yiladi

O‘zbekiston hukumati HUMO milliy to‘lov tizimini xususiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Hujjatga ko‘ra, Milliy banklararo protsessing markazi (HUMO) ulushi ommaviy savdoga qo‘yiladigan 247 ta kompaniya qatoriga kirdi.

HUMOning ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (DABA) tegishli.
Avvalroq «Kursiv» 2025-yilda to‘rtta davlat korxonasi aksiyalarining 5 foizigacha xalqaro fond bozoriga chiqarilishini yozgan edi.