Yangiliklar

“Oʻzmetkombinat” daromadi 72 foizga kamaydi

Kompaniyaning sof tushumi 1,9 trillion so‘mdan oshdi
Foto: «Oʻzmetkombinat»

Joriy yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, «Oʻzmetkombinat» aksiyadorlik jamiyatining daromadi 60,5 milliard soʻmni tashkil etdi, bu 2023-yilning mos davriga nisbatdan 71,9 foizga kamaydi. Bu haqda KAP DEPO investitsiya kompaniyasi xabar bermoqda.

Kompaniyaning sof tushumi 2,7 foizga yetib, 1,9 trillion soʻmdan oshdi. Bu davrda moliyaviy xarajatlar 75,4 milliard soʻmdan 135,5 milliard soʻmga oshgan.

Shu bilan birga, korxonaning uzoq muddatli kredit portfeli 3,5 trillion soʻmdan 3,6 trillion soʻmga, qisqa muddatli kreditlar hajmi esa 1,3 trillion soʻmdan 1,4 trillion soʻmga oshdi.

Eslatib oʻtamiz, «Oʻzmetkobminat» oʻtgan yili salkam 508 milliard soʻm daromad olgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2022-yilga nisbatan 60 foiz kam boʻlgan.

Avvalroq «Kursiv» «Oʻzmetkobminat» ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiya qilish boʻyicha bir qancha loyihalar ustida ish olib borayotgani haqida xabar bergan edi.