O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi qariyb 5 million so‘mga yetdi
Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi yillik o‘sish 19,8 foizni tashkil qilib, 4,9 mln so‘mni tashkil etdi, deb xabar berdi Respublika statistika agentligi.
Eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi poytaxtda – 8,1 mln so‘m, Navoiy va Toshkent viloyatlarida mos ravishda 6,5 mln va 4,8 mln so‘mni tashkil etadi.
Eng kam oylik ish haqi Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida, o‘rtacha ish haqi mos ravishda 3,5 va 3,6 mln so‘mni tashkil qildi.
O‘zbekistonda moliya va sug‘urta sohasi xodimlari eng ko‘p maosh oladi – 13,2 mln so‘m. Axborot sohasida ishlayotgan xodimlar 11,7 mln so‘m oladi. Kuchli uchlikni 7,4 mln so‘m maosh bilan logistlar yakunladi.
Mamlakatda eng kam o‘rtacha oylik ish haqi shifokorlar – 3,2 mln so‘m va o‘qituvchilarniki – 3,4 mln so‘mni tashkil etadi.
Avvalroq «Kursiv» joriy yilning fevral oyi boshida o‘zbekistonlik senatorlar ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini ma’qullagani haqida yozgan edi.