Yangiliklar

O‘zbekistonda vafli ishlab chiqarish 2,3 barobarga oshdi

Joriy yilning dastlabki ikki oyi davomida
Foto: Piqsels

2024-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda 2 ming tonna vafli ishlab chiqarildi, deb xabar berdi Statistika agentligi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘rsatkichlar 2,3 barobar oshgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning birinchi choragida O‘zbekiston Xitoyga biskvit eksportini 23 barobarga oshirdi. Umuman olganda, ushbu davrda Xitoy 20 tonna o‘zbek biskvitini xarid qildi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda pechenye ishlab chiqarish ko‘paygani haqida yozgan edi.