Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi

eʼlon qilindi
Bugun davlat rahbari qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 29-aprel kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari prezident maslahatchilari, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi.

Shuningdek, joriy haftada prezident III Toshkent xalqaro investitsiya forumi ishida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Avvalroq «Kursiv» davlat rahbari qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek