Yangiliklar

Toshkentda havo +23° gacha isiydi

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi
Foto: Piqsels

29-aprel, dushanba kuni Toshkentda havo harorati +21…+23° bo‘lishi kutilmoqda. Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Oʻzbekistonda bugun oʻrtacha kunlik havo harorati +18…+23° boʻladi. Togʻli hududlarda +7…+12° iliq boʻlishi kutilmoqda. Qor ko‘chkisi va sel oqimi xavfi mavjud.

«O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent havosida soat 9:00da PM2,5 (chang, asfalt va boshqa birikmalar) miqdori me’yordan 3,6 barobar oshgan.

Avvalroq «Kursiv» sel va suv toshqinlari paytida inson o‘zini qanday tutish kerakligi haqida yozgan edi.