Toshkent shahrida uch nafar shaxs Uchtepa va Chilonzor tumanlaridagi yangi binolarni noqonuniy ravishda sotib yuborgan.
Ilgari yangi binolardan kvartira sotib olgan bir qancha fuqarolar huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan, ammo uy-joy olisholmagan.
«Max-House-Group» qurilish kompaniyasi asoschisi va uning uch sherigi qurilish uchun hech qanday boshqarmadan ruxsat olmasdan, fuqarolarga xonadonlarni sotib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Kompaniya asoschisi qo‘lga olinib, qamoqqa olingan, uning ikki sherigi qidiruvga berilgan.
Avvalroq «Kursiv» Andijon viloyatida 42 mlrd so‘mlik asfalt-beton yo‘l qurish loyihasini pul evaziga bermoqchi bo‘lgan fuqarolar qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi.