Avtomobil rangini oʻzgartirish javobgarlikka tortishga asos boʻlmaydi

eʼlon qilindi
Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori tasdiqlangan
Foto: welcomia/Depositphotos

Oʻzbekistonda avtomobil kapot, kuzov yoki boshqa qismlarining rangi oʻzgartirilishi jarima qoʻllashga asos boʻlmaydi. Adliya vazirligi mazkur masala yuzasidan tushuntirish berdi.

Avtotransport vositalarini qayta jihozlash bilan bogʻliq masalalar hukumatning Avtotransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma pasportida koʻrsatib oʻtilgan.

Unga koʻra, pasportning 12-bandida avtotransport vositasi qayta jihozlangan deb tan olinadigan oʻzgarishlar roʻyxati koʻrsatilgan boʻlib, mazkur roʻyxatda avtotransportning kapot yoki boshqa qismlari rangi oʻzgartirilishi nazarda tutilmagan va bu holat uchun ruxsatnoma talab qilinishi belgilanmagan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda 60 mingga yaqin avtomobillar ekologik ekspertizadan o‘tkazilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek