O‘zbekiston Qozog‘istonga urug‘chilikni rivojlantirishda yordam beradi
eʼlon qilindi
Tomonlar urug‘ yetkazib berish bo‘yicha memorandum tuzdilar
Qozog‘iston o‘rmonchilari O‘zbekiston, Rossiya va boshqa mamlakatlarga tashrif buyurib, urug‘larning unib chiqishi bo‘yicha tajriba orttirishadi, deb xabar berdi «DK News».
Nashrning yozishicha, Qozog‘istonning Turkiston viloyati hokimi Darxon Satibaldi hududda urug‘chilik zavodini ochish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
Shu maqsadda Qozog‘iston o‘rmon xo‘jaligi muassasalari O‘zbekiston tomoni bilan memorandum tuzdi. Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston gul va manzarali daraxt va boshqa ko‘chatlari urug‘lari bilan qo‘shni davlatni ta’minlaydi.
Avvalroq «Kursiv» 34 gektar yer Toshkent viloyati obodonlashtirish boshqarmasiga ko‘chat ekish uchun berilishi haqida yozgan edi.