O‘zbekiston xokkey bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempioni

eʼlon qilindi
Hisob 2:1

30-aprel kuni, «Humo Arena»da Osiyo-Okeaniya kubogining final bahsida Oʻzbekiston – Tailand bilan kuch sinashdi, «Kursiv» final oʻyinini kuzatdi.

1-boʻlimda Tailand vakillari Oʻzbekiston darvozasi oldida ketma-ket hujum uyushtirishdi va oxir-oqibat hisob 1:0 ga oʻzgardi. Milliy terma jamoa gol oʻtkazganidan soʻng tinmasdan raqib darvozasi oldida hujum uyushtirdi, biroq darvozani ishgʻol qilolmadi. 1-boʻlim Tailandning kichik ustunligi bilan yakunlandi.

2-boʻlimda hamyurtlarimiz oʻyinni oʻz qoʻllariga olishdi va soʻnggi daqiqalarda Timur Habibov hisobni tenglashtirdi.

3-boʻlimda Abduqayum Abduvositov milliy jamoani oldinga olib chiqdi, hisob — 2:1. Soʻnggi daqiqalarda Tailand jamoasi darvozamiz oldida hujumlar qildi. Biroq Oʻzbekiston himoyada yaxshi oʻyin koʻrsatdi va ikkinchi marotaba Osiyo-Okeaniya chempioni boʻldi.

Final oʻyinining eng yaxshi oʻyinchisi deb Jasurbek Rustamxonov topildi.

Eslatib oʻtamiz, kecha boʻlib oʻtgan yarim final bahsida Oʻzbekiston BAA ustidan gʻalaba qozongan edi. Quvayt va Indoneziya jamoalari reglamentni buzgani uchun diskvalifikatsiya qilingan edi. 

Shuningdek