O‘zbekiston YUNESKOga madaniy yodgorliklarni saqlash va tiklashda yordam beradi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
O‘zRning ICCROMga a’zoligi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
Rasm: Oliy Majlis matbuot xizmati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisi deputatlari O‘zbekistonning Madaniyat yodgorliklarini saqlash va ta’mirlash bo‘yicha xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga (ICCROM) a’zoligi to‘g‘risidagi qonunni uchinchi o‘qishda qabul qildi.

Ushbu xalqaro tashkilot YUNESKOning maslahat organi boʻlib, jahon madaniy merosi obyektlari sifatida tan olinishi mumkin boʻlgan loyihalarni koʻrib chiqish, ular boʻyicha xulosa va tavsiyalar tayyorlashda yordam beradi.

Deputatlarning fikricha, O‘zbekistonning ICCROMga a’zo bo‘lishi ICCROM Bosh Assambleyasida mamlakatdagi madaniy merosni saqlash holatini, shuningdek, O‘zbekiston vakillarining xalqaro tadbirlarning to‘liq a’zosi bo‘lib ishtirok etishi hisobga olgan holda texnik yordam va YUNESKO mablag‘larini jalb qilish hajmini oshirish imkonini beradi.

Mazkur hujjat milliy merosni jahon miqyosida ommalashtirish, adabiyotlar yaratish, yodgorliklarni asrab-avaylash va restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

ICCROM – jahon madaniy merosini asrab-avaylash bilan shug‘ullanuvchi hukumatlararo tashkilot. Ushbu tashkilot 1959-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning shtab-kvartirasi Rimda joylashgan. Hozirda unga 142 davlat a’zodir.

Shuningdek