Qashshoqlik chegarasi: O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari oshdi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi
Foto: evesenko / www.depositphotos.com

2024-yil 1-maydan boshlab O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari (MIX) miqdori oshiriladi. Endi har bir kishiga oyiga 648 ming so‘mdan to‘g‘ri keladi. Bu 2024-yil yanvar oyiga nisbatan 27 ming so‘mga ko‘pdir. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

MIXning o‘sishi yoqilg‘i-energetika resurslari narxining oshishi bilan bog‘liq. Eslatib o‘tamiz, 1-maydan aholi uchun gaz va elektr energiyasi narxi oshadi.

MIX davlat tomonidan moddiy va ijtimoiy yordamga muhtoj aholining maqsadli guruhini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu qashshoqlikka qarshi kurashga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligi uchun ham zarur. MIX pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorini, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamning boshqa turlarini aniqlash uchun ham qo‘llaniladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda ko‘pchilik hozirgi sharoitni yirik xaridlar uchun qulay deb hisoblashini yozgan edi.

Shuningdek