2024-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 1,4 milliard dona tuxum yetishtirildi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan yetishtirish hajmi 6,9 foizga oshdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2025-yilgacha tuxum importi uchun bojxona toʻlovlari undirilmaydi.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yilning yanvaridan sentabriga qadar O‘zbekistonda 6 milliard dona tuxum yetishtirilgani haqida yozgan edi.