O‘zRTXB domen nomlari bo‘yicha onlayn savdosini yo‘lga qo‘yadi

eʼlon qilindi
Uzinfocom bilan memorandum imzolandi
Rasm: leungchopan/Depositphotos

Uz zonasidagi domen nomlari O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasida (O‘zRTXB) onlayn savdo orqali sotiladi, deb xabar berdi platforma matbuot xizmati.

Birja Uzinfocom yagona integratori bilan tegishli memorandum imzoladi.

Tomonlar kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tajriba almashish va IT sohasida xodimlar malakasini oshirish niyatida.

Uzinfocom 2002-yilda tashkil topgan. Integrator elektron hukumat (e-gov) infratuzilmasida axborot tizimlari va dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish uchun javobgardir. Faoliyatning boshqa yo‘nalishlari qatoriga O‘zbekistonda IT-texnologiyalarni rivojlantirishga ko‘maklashish kiradi.

Avvalroq «Kursiv» «Toshkent» fond birjasi davlat ulushi bo‘lgan o‘ndan ortiq kompaniyalarning IPO va SPO’larini o‘tkazishi haqida yozgan edi. Ular orasida O‘zbekiston pochtasi va «UzAuto Motors Powertrain» bor.

Shuningdek