Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi
eʼlon qilindi
Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda
Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Toshkentdan «Chorvoq» erkin turistik zonasiga grafik asosida qatnovchi mavsumiy avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, avtobuslar har kuni «Mashinasozlar» metro bekatidan soat 8:00 va 18:00 da Chorvoqqa harakatlanadi. Chorvoqdan esa 6:00 va 16:00 yo‘lga tushadi.
Qatnovlar «Uzautotrans service» korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilib, yoʻlkira narxi 20 000 soʻmni tashkil qiladi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkent viloyatidan poytaxtdagi metrolarga tezyurar avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgani haqida xabar bergan edi.