YeTTB rahbari Odil Renaud-Basso Toshkentga keladi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti Odil Reno-Basso 1 – 3-may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar qildi moliya muassasasi matbuot xizmati.
Bank rahbari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va hukumat vakillari bilan uchrashadi.
Odil Renaud-Basso Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlarida ham ishtirok etadi. Ushbu tadbirda u O‘zbekistonning xususiylashtirish dasturi, iqlim o‘zgarishi va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashning ahamiyati kabi mavzularga to‘xtalib o‘tadi.
YeTTB rahbarining tashrifi davomida barqaror transport aloqalarini rivojlantirish va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, YeTTB Oʻzbekistonda 151 ta loyihaga qariyb 4,42 milliard yevro sarmoya kiritgan. Mablag‘larning asosiy qismi xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.
Avvalroq «Kursiv» YeTTB yoshlar biznesini qo‘llab-quvvatlash uchun «Ipak Yo‘li» bankiga $10 million ajratishini yozgan edi.