Yirik auditorlik kompaniyasi Baker Tilly O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochadi

eʼlon qilindi
Va mahalliy xodimlarni ishga oladi
Rasm: Shutterstock

Dunyodagi eng yirik auditorlik va konsalting kompaniyalari tarmoqlaridan biri «Baker Tilly» O‘zbekistonda ofis ochish va mahalliy xodimlarni yollashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi IT Park Uzbekistan.

Bir kun avval, IT Park vakillari va «Baker Tilly» o‘rtasida hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilingan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

IT Park ma’lumotlariga koʻra, tadbir «Baker Tilly» kompaniyasining Toshkentdagi yangi ofisining ochilishi arafasida boʻlib oʻtdi. Xabar qilinishicha, kompaniya birinchi yilda kamida 100 nafar xodimni yollash niyatida.

«Baker Tilly» kompaniyasining Toshkentdagi ofisi xalqaro buyurtmalarni boshqarish uchun foydalaniladi.

«Baker Tilly International» daromadlari bo‘yicha dunyodagi to‘qqizinchi yirik auditorlik va konsalting tarmog‘idir. U 1987-yilda Buyuk Britaniyada tashkil etilgan. Dunyo bo‘ylab 700 ga yaqin «Baker Tilly» ofislari mavjud.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentda O‘zbekiston – Fransiya iqtisodiy palatasi ochilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek