Yangiliklar

1Fit O‘zbekistonda bir oyda ilk bora $1 mln ishlab topdi

Bu haqda xizmat rahbari ma’lum qildi
Rasm: Unsplash

Qozog‘istonning «1Fit fitnes» xizmatining O‘zbekistondagi oylik daromadi ilk bor $1 milliondan oshdi, bu haqda startap rahbari Murat Alixonov Instagram «storizda» ma’lum qildi va Toshkent Olmaotadan ancha oldinda ekanini ta’kidladi.

1Fit – bu servis bilan hamkorlik qiladigan har qanday fitnes-klubga qat’iy belgilangan narx evaziga sport bilan shug‘ullanish imkonini beruvchi yagona obuna.

1Fit – bu servis bilan hamkorlik qiladigan har qanday fitnes-klubga qat’iy belgilangan narx evaziga sport bilan shug‘ullanish imkonini beruvchi yagona abonement.

Joriy yilning yanvar oyida oylik savdo hajmi birinchi marta $3 milliondan oshdi. Shunda Alixonov O‘zR poytaxti daromad bo‘yicha Olmaotadan oldinda bo‘lishini bashorat qilgan edi. Tadbirkor joriy yilda startapning daromadi $50 milliondan oshishini kutmoqda.

Prognozlarga ko‘ra, bu mablag‘ning yarmidan ko‘pi xorijiy davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

1Fit O‘zbekiston bozoriga 2022-yil yozida kirgan. Xizmat ishga tushirilganda u Toshkent shahridagi 120 dan ortiq fitnes zallarini qamrab olgan edi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent viloyatida taekvondo markazi ochilishi haqida yozgan edi. Ushbu maqsadlar uchun 0,32 gektar yer maydoni ajratildi.