30-aprel kuni, Samarqandda birinchi UT-740 Samarqand-Tyumen reysi amalga oshirildi.
Samarqanddan Tyumenga parvozlar haftada bir marta seshanba kunlari soat 20:45 da amalga oshiriladi. Chiptalarni utair.ru sayti va Samarqand aeroporti kassalarida xarid qilish mumkin.
Yangi yo‘nalish ikki shahar o‘rtasida turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi. Chipta narxi Samarqanddan Tyumenga 4 395 169 so‘mdan boshlanadi.
Avvalroq «Kursiv» «Uzbekistan Airways» Samarqanddan Nijniy Novgorodga parvozlarni yoʻlga qoʻyishini e’lon qilgan edi.