Yangiliklar

AQSh valyutasi 22 so‘mga qimmatlashdi

Uning o‘rtacha narxi 12 632,22 so‘mni tashkil qildi
Foto: Piqsels

1-may kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 22,05 so‘mga ko‘tarildi va 12 632,22 so‘mni tashkil qildi.

Mamlakatning tijorat banklari AQSh valyutasini 12 550 – 12 605 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 640 – 12 690 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 30-aprel kuni dollarning o‘rtacha narxi deyarli 10 so‘mga pasaygan edi.