Internews tadqiqoti: O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar tobora ommalashib bormoqda
«Internews» tashkiloti tadqiqotiga ko‘ra, televidenie O‘zbekistonda asosiy axborot manbalaridan biri bo‘lib qolmoqda, biroq ijtimoiy tarmoqlar ommalashib bormoqda.
«Internews» USAID tomonidan moliyalashtiriladigan «MediaCAMP» loyihasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisi o‘rtasida media iste’moli va savodxonligi bo‘yicha qator tadqiqotlar o‘tkazdi.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda televideniye, ayniqsa, keksalar orasida muhim axborot manbai bo‘lib qolmoqda. Respondentlarning qariyb 60 foizi har kuni televizor ko‘radi.
Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar va internetning ta’siri kuchaymoqda. Tadqiqot ishtirokchilarining 63 foizi har kuni internetga kirishadi. Yangiliklar va ko‘ngilochar kontentlar juda ommabop. Internetda ma’lumot olish uchun asosiy kanal Telegram messenjeri hisoblanadi.
Respondentlarning aksariyati davlat ommaviy axborotiga ishonadi. O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlardan olingan ma’lumotlarga ehtiyotkorlik bilan qarashadi.
Tadqiqotchilar, shuningdek, o‘zbekistonlik respondentlarning 32 foizi axborotga tanqidiy yondashishini, ya’ni uni turli manbalar bilan solishtirishni qayd etishdi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Telegram kanallari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda ekanligini yozgan edi.