Yangiliklar

Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 1-may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga kelgan Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari va koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Shuningdek, Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida energetika, konchilik, oziq-ovqat, toʻqimachilik va boshqa ustuvor tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgani qo‘shimcha qilindi.

Avvalroq «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytgani haqida xabar bergan edi.