Quvaytning «Gulf Care General Trade» kompaniyasi Farg‘onada laboratoriya va diagnostika markazi quradi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Bu haqda Quvaytda viloyat hokimi va kompaniya vakillari kelishib oldi
Фото: Viktor Hramov / RBK

Quvaytning «Gulf Care General Trade» kompaniyasi Farg‘onada laboratoriya va diagnostika markazi quradi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov kompaniya vakillari bilan Quvaytda o‘tkazilgan uchrashuvda ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, Farg‘ona viloyati hokimligi rahbari «Quwait Airways» aviakompaniyasi bilan O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Xalqaro xayriya tashkiloti IICO rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda ishtirokchilar ushbu tashkilotning moliyaviy imkoniyatlaridan foydalangan holda grant loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida xususiy sektor vakillarining Farg‘ona viloyatiga missiyasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Avvalroq «Kursiv» Qarshi shahrida 200 mlrd so‘mlik ko‘p tarmoqli klinika qurilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek