Toshkent viloyatining ikki qishlog‘i «turistik» maqomiga sazovor bo‘ldi
eʼlon qilindi
Ular Parkent tumanida joylashgan
Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi Kumushkon va Chashma qishloqlari «turistik qishloq» maqomini oldi. Bu haqda «Kursiv»ga Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqarma ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilda hududga 50 mingga yaqin xorijiy va 900 mingga yaqin mahalliy sayyohlar tashrif buyurgan.
Qo‘mita qishloqlarning turistik salohiyatini hisobga olgan holda va maxsus respublika komissiyasi xulosasidan kelib chiqib, ularga turistik maqom berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Shuningdek, qo‘mita joriy yilda viloyatda infratuzilmani yaxshilash va takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.
Avvalroq «Kursiv» eronlik turoperatorlar O‘zbekistonga yo‘nalish ochishdan manfaatdor ekani haqida yozgan edi.