Poytaxtning Yashnobod tumanidagi «Katta Olmos» koʻchasidan «Ilgʻor» koʻchasiga olib oʻtuvchi yoʻlda Oqova suv tizimini yaxshilash borasida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli bir oyga yopildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yoʻl harakati cheklovlari 30-apreldan kuchga kirdi. Ta’mirlash ishlari taxminan bir oy davom etadi. Avtomobillardan xaritada koʻrsatilgan yo‘nalish boʻylab aylanib oʻtishlari soʻraladi.
Avvalroq «Kursiv» Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentda bir qator yoʻllar vaqtincha yopilgani haqida xabar bergan edi.