«Yandex Go» Toshkentda elektromobillar bilan yangi tarifni ishga tushiradi

eʼlon qilindi
Unga 1 mingdan ortiq avtomobil ulanadi
Foto: Koshiro K/ Shutterstock.com

«Yandex Go» Toshkent aholisi uchun elektr transport vositalari bilan yangi tarif taqdim etadi, deyiladi kompaniyaning press-relizida.

«Elektromobillar yuqori darajadagi qulaylikka ega – zamonaviy, shovqinsiz ishlaydi. Shuningdek, ular foydalanishda tejamkor, yoqilg‘i sarfi va xarajatlari past, bu haydovchilar uchun foydalidir. Shahar muhiti uchun elektromobillardan, jumladan, taksida foydalanish shahardagi shovqinni va chiqindilarni kamaytirishga yordam beradi», deya ta’kidladi «Yandex Taxi» kompaniyasining MDHdagi rivojlanish bo‘yicha direktori Kirill Svintsov.

Tarifga mingdan ortiq avtomobillar, jumladan BYD, Dongfeng va Hongqi brendlari ulanadi.

Avvalroq «Kursiv» aprel oyida «Yandex Go» kompaniyasi Toshkentda korporativ taksi xizmatini ishga tushirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek